“So‘g‘diyona” Milliy asboblar davlat kamera orkestri (O‘zbekiston)ning dirijor Fabyen Teeriksen (Fransiya) boshqaruvidagi konserti 3-oktabr kuni 18:30 da O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Fransiya elchixonasiga tayanib.
Konsert dasturidan, asosan, fransiyalik klassiklar (Ramo, Bize, Massne, Ravelya, Sen-Sansa)ning asarlari o‘rin olgan, ular milliy asboblar orkestri uchun maxsus qayta ishlangan.
Fabyen Teeriksen Fransiya orkestrlarini boshqargan, shuningdek, xorijdagi ko‘plab musiqiy loyihalarda qatnashgan.
Konsertga kirish bepul. Chiptalarni Fransiya elchixonasidan olish mumkin. Manzil: Istiqbol ko‘chasi, 25. Telefonlar: (+99871) 233-53-82, 233-53-84. Elektron pochta manzili: culturefranceouzbekistan@gmail.com.
Izoh (0)