Jazoirda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida kamida 12 kishi, jumladan to‘qqiz nafar chet ellik qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, ularning jasadi 17-sentabr, payshanba kuni mamlakat janubidagi Tamanrasset shahridan topilgan.
Hukumatning xabar qilishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari Jazoir fuqarosi bo‘lib, qolgan qurbonlarning millati hozircha noma’lum.
Izoh (0)