AQSh hech qachon KXDRning yadroviy qurolga egalik qilish huquqini tan olmaydi, deb xabar beradi “TASS” AQSh davlat kotibi Jon Kerri ma’lumotiga tayanib.
“Biz Shimoliy Koreyani yadro quroliga ega mamlakat, deb tan olmaymiz”, — dedi Kerri JAR Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan muzokaralardan keyingi savollarga javob bera turib. U KXDR o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarmaguncha, AQSh unga bosim o‘tkazishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Kerrining fikricha, Eron bilan olib borilgan muzokaralardan farqli ravishda, KXDR holatida sanksiyadan ko‘ra kattaroq nimadir qo‘llashga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Izoh (0)