14-sentabr, dushanba kuni Kumamoto prefekturasida (Yaponiya) joylashgan Aso tog‘ida mamlakatdagi eng katta vulqonning otilishi ro‘y berdi. Bu haqda "Segodnya.ua" xabar bermoqda.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, tutun va kul ustuni 2000 metr balandlikka ko‘tarilgan. Yaponiya metereologiya agentligi vulqondan ko‘tarilayotgan qora tutun aks etgan videokuzatuv lavhalarini namoyish etdi.
Japan Airlines tabiiy ofat to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, Kumamotodan reyslarni bekor qildi. Jabrlanganlar to‘g‘risida xabarlar berilmagan.
Izoh (0)