Tokiolik erkak iPod pleyerlarida ishlatiladigan boshqaruv g‘ildirakchasini u ixtiro qilganini isbotladi, deya xabar bermoqda TJournal.
Endi Apple 57 yoshli erkakka 2,7 million dollar to‘lab beradi. Hukm Yaponiya Oliy sudi tomonidan chiqarilgan.
Amerika korporatsiyasi da’vogarning pozitsiyasiga qarshi ishonchli dalillar keltira olmagan.
Yaponiyalik muhandis yangilikni 1998-yildayoq o‘ylab topganini ta’kidladi. Apple ixtiro bilan qiziqib qolgan, biroq tomonlar iPod pleyeri sotuvga chiqquniga qadar ixtirodan foydalanish haqida kelishib olishga muvaffaq bo‘lmagan.
Xabar berilishicha, ixtirochi Apple kompaniyasidan ancha katta mablag‘ talab qilgan — yetkazilgan zararni u 83,5 million dollarga baholagan.
Izoh (0)