Toshkentdagi Allianz Arena klubida 12-sentabr kuni UCG FIFA15 kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining mintaqaviy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Infocom.uz” xabariga ko‘ra, 15—17-sentabr kunlari ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasida bo‘ladigan final bosqichida qatnashish uchun 120 dan ortiq e-sportchi musobaqalashdi.
Mintaqaviy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin Olim Iskandarovga, ikkinchi o‘rin Rustam Kattabekovga va uchinchi o‘rin Aziz Pattoxovga nasib etdi. Shunday qilib, Olmaliq, Urganch, Samarqand va Toshkentda bo‘lib o‘tgan saralash turnirlari g‘oliblari milliy final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, tashkilotchilar final bosqichida qatnashadigan ishtirokchilar sonini 24 tadan 32 tagacha oshirishga qaror qildi. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonda FIFA bo‘yicha e-sport taraqqiyotiga hissa qo‘shgan bir qator ishtirokchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri final bosqichiga taklif etildi.
Milliy final bosqichida qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin — Katta kubok, diplom, Artel Vision plansheti2-o‘rin — O‘rta kubok, diplom, Artel P1 smartfoni3-o‘rin — Kichik kubok, diplom, Artel Star plansheti4-o‘rin — Artel P1 mini smartfoni5—8-o‘rinlar — Artel NEO smartfonlari8—16-o‘rinlar — Artel B-88 (RACE) telefonlari
Final bosqichining qolgan ishtirokchilari ICTEXPO 2015 haftaligi homiylari tomonidan rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)