AQShning Kaliforniya shtati parlamenti senati 11-sentabr, juma kuni shifokorlarga tuzalmas kasallikka chalingan bemorlarga hayotga nuqta qo‘yish uchun farmatsevtik dorilar yozib berish huquqini beruvchi qonunni tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.
Shu tariqa, Kaliforniya parlamenti evtanaziyaga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi, endi hujjatni shtat gubernatori imzolashi kerak.
Qonunga ko‘ra, shifokorning o‘zi evtanaziyada bevosita qatnashmaydi, biroq bemorga uning ketma-ket uch marta qilgan tegishli murojaati asosida, o‘lim keltirib chiqaruvchi kuchli tibbiy vositani yozib beradi.
Evtanaziyaga ruxsat beruvchi qonunlar ayni paytda AQShning to‘rtta shtatida amal qiladi.
Izoh (0)