Suriya o‘z hududida Rossiya qo‘shinlari borligini inkor etdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi” radiosi.
Bu haqda mamlakat axborot vaziri Imron az-Zoubi ma’lum qildi. U shu xususdagi ma’lumotlarni “Suriya dushmanlari tarqatayotgan mish-mishlar” deb atadi. Shu bilan birga, vazir Moskva va Damashq o‘rtasida harbiy aloqalar mavjudligini inkor etmadi.