AQShda Kanzasdagi yahudiylar markazida uch kishini o‘ldirgan Ku-kluks-klan sobiq a’zosi Freyzer Kross o‘lim jazosiga mahkum etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
74 yoshli Miller qurbonlarini sochma o‘qli ov miltig‘idan otgan. Qotil ular bilan tanish bo‘lmagan va hamtovoqlarisiz harakat qilgan. Avvalroq eshituvlar chog‘ida erkak “yahudiylarni o‘ldirmoqchi bo‘lgani uchun” o‘t ochganini aytgan edi.
Miller bir paytlar Ku-kluks-klanning Shimoliy Karolinadagi hududiy bo‘linmasini boshqargan.