Rossiyada 2015-yilning birinchi yarmida kun kechirish uchun zarur miqdordan kamroq daromadga ega aholi soni 21,7 million kishini tashkil etdi, bu mamlakat umumiy aholisining 15,1 foizi demakdir. Bu haqda Rossiya davlat statistikasi federal xizmatiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Shu tariqa, qashshoqlikda yashovchi aholi soni 2,8 million kishi yoki 14,8 foizga o‘sgan.
Tirikchilik uchun zarur mablag‘ hajmi 2015-yilning ikkinchi choragida butun Rossiya uchun oyiga o‘rtacha 10 017 rublni, mehnatga layoqatli aholi uchun 10 792 rubl, pensionerlar uchun 8210 rubl, bolalar uchun 9806 rublni tashkil etdi.