Chechenistonlik 60 nafar chet tili o‘qituvchilari Teacher Training Courses til dasturi doirasida ingliz tili bo‘yicha malakalarini oshirdi. Bu haqda “AiF” xabar bermoqda.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ko‘rsatmasiga muvofiq, respublika Fan va ta’lim vazirligi “Nutq”, “O‘qish, yozma nutq”, “Lug‘at zaxirasi”, “Grammatika” va boshqa shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chechen pedagoglari uchun ikki haftalik o‘quvni tashkil etdi.
Qayd etishlaricha, 2020-yilga borib maktablarda chet tilidan imtihon olish majburiy tartibda amalga oshiriladi, shu sababdan chet tili o‘qituvchilarining malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish Checheniston Fan va ta’lim vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi.