Gvatemala kongressi mamlakat prezidenti Otto Peres Molinani daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buning uchun mavjud 158 ovozdan 132 ovoz to‘plandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu qaror mamlakat bosh prokuraturasi va BMT tomonidan moliyalashtiriluvchi Gvatemalada qonun buzilishiga qarshi kurashish xalqaro komissiyasiga prezidentga nisbatan bojxona organlari faoliyatida aniqlangan yirik korrupsiya tizimiga aloqadorlik to‘g‘risidagi ayblovni e’lon qilish imkonini beradi.
Prezident bir necha marta noqonuniy faoliyatga aloqador emasligi va iste’foga chiqish rejasi yo‘qligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)