Birlashgan Arab Amirliklarida qurolli mojarolar davomida jabrlangan yamanliklarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan umummilliy aksiya doirasida uch kun ichida o‘n million dollardan ortiq mablag‘ to‘plandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
BAA Qizil yarim Oy jamiyati 30-avgust, yakshanba kuni “Yamanga yordam” aksiyasini ishga tushirdi.
Pul va moddiy ehsonlarni jamg‘arish bir oy davom etadi. Buning uchun butun mamlakat bo‘ylab 200 ta yordam to‘plash markazlari ochilgan, shuningdek, bir nechta islom banklarida maxsus hisoblar joriy qilingan. Bundan tashqari, mobil telefon yordamida xabar yuborish orqali ehson qilish imkoniyati ham mavjud.
Izoh (0)