Norvegiyalik Kristian Lindgren 18 yoshida maktabni tashlab, sayohatga otlandi. O‘tgan to‘qqiz yil ichida u 97 ta mamlakatga sayohat qilishga ulgurdi, deb yozadi “Tjournal.ru”.
Lindgren odatda noodatiy sayohat yo‘nalishlarini tanlaydi va ularni UnusualTravel nomli blogida yoritib boradi. Biroq, ba’zida u ommabop joylarga ham safar uyushtiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 marta Markaziy Osiyoda, 6 marta Nepalda, Janubi-Sharqiy Osiyoning har bir mamlakatida kamida uch martadan, bir necha marta Amerikada, o‘n martadan ko‘p Xitoyda bo‘lgan. Endi esa Yevropa, Yaqin Sharq, Papua—Yangi Gvineya va Madagaskarga safar qilishni rejalashtirmoqda.
E’tiborlisi, u o‘z safarlari davomida O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan. Sayohatchining blogida O‘zbekiston haqidagi maqolalar 2015-yil iyul va avgust oylarida qoldirilgan.
Lindgren O‘zbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida, shuningdek, Orol dengizi bo‘yida bo‘lganini yozib, sayohat uchun ajoyib mamlakat ekanligini, o‘zgarishlar juda tez bo‘layotganini e’tirof etgan.
Izoh (0)