O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Uinston-Salem shahrida davom etayotgan va sovrin jamg‘armasi 695 ming 515 dollardan iborat yirik tennis turniridagi ishtirokini yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik sportchi ikkinchi davra uchrashuvida fransiyalik Jo Vilfred Tsongaga 7:5, 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vaholanki, ikkinchi setda g‘alaba qozonish uchun juda ham yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandi. Lekin bundan u foydalana olmadi. Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 69, Tsonga esa 19-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin turnirning ilk davrasida reytingda o‘zidan bir pog‘ona yuqori turgan amerikalik Donald Yangdan 6:3, 6:3 hisobida ustun kelgandi.
Izoh (0)