Nepal hukumati 2015-yil mayida bo‘lib o‘tgan yirik zilzila chog‘ida 19 kishi halok bo‘lganidan buyon birinchi marta Everestni sayyohlar uchun ochdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Bismarck Tribune nashri mamlakat poytaxti Katmandudagi matbuot anjumanida Nepal bayrog‘ini ko‘tarib tushgan yapon alpinisti Nobukazu Kuruki suratini e’lon qildi. U dunyodagi eng baland cho‘qqiga zilziladan so‘ng chiqishga urinib ko‘radigan birinchi odam bo‘ladi.
Marosimda turizm vaziri Kripasur Sherpa qatnashdi, u alpinistga cho‘qqiga ko‘tarilish uchun ruxsat berdi.
Izoh (0)