Ispaniya Primerasining 1-turidagi “Atletik” — “Barselona” (0:1) uchrashuvida kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi penaltini ishonchsiz amalga oshirdi, natijada darvozabon to‘pni qaytardi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Argentina terma jamoasi yetakchisi Kataloniya klubi tarkibida 64 marta 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan va 14 bora gol kiritishning uddasidan chiqa olmagan (omadsiz zarbalar foiz ko‘rsatkichi – 22,2).
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduda bu natija 10,9% ni tashkil qiladi, ya’ni u 63 marta penalti tepishga muyassar bo‘lgan va urinishlarining faqat yettitasini golga aylantira olmagan.
Izoh (0)