Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) iqtisod vazirlari hamda markaziy bank rahbarlari ishtirokida pul-kredit va budjet siyosatini muvofiqlashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishga kelishib olindi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust, payshanba kuni Qozog‘iston tengening erkin kursiga o‘tgani YeOII mamlakatlari valyuta bozori va milliy pul birliklariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Majlisda Ittifoqqa yangi a’zolar qabul qilish tartibi, Isroil va Eron bilan erkin savdo hududi tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh (0)