Isroil harbiy havo kuchlarining uchuvchisiz samolyoti Suriya janubi-g‘arbidagi Al Kunaytra shahrida bir avtomobilga aviazarba berishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili Piter Lernerning so‘zlariga ko‘ra, hujumning mo‘ljali 20-avgust kuni Isroilga raketa otishda aybdor deb topilgan “Islom jihodi” guruhi faollari bo‘lgan.
Hodisa Golan tepaliklaridagi o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Suriya matbuoti xabariga ko‘ra, qurbonlar “qurolsiz tinch aholi vakillari” bo‘lgan.
Izoh (0)