Keson sanoat hududida ishlovchi Shimoliy koreyalik mutaxassislarga endi eng kamida 73 dollaru 87 sent to‘lanadi, deb xabar beradi Reuters.
Qo‘shma sanoat majmuasini yaratishda har ikkala tomon har yili maoshni besh foizga oshirib borishga kelishgan edi, biroq bu safar KXDR maoshning uch dollaru 65 sentga oshirilishini talab qildi.
Natijada muzokarachilar masalani kelishilgan cheklov doirasida hal etishga, qolgan qismining taqdirini esa keyinga qoldirishga qaror qildi.
Izoh (0)