Saudiya Arabistoni hukumati 17-avgust, dushanba kuni uch nafar Shri-Lanka fuqarosi va bir nafar Misr fuqarosiga nisbatan tayinlangan o‘lim jazosini amalga oshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, uch nafar Shri-Lanka fuqarosi Saudiya Arabistoni fuqarosining uyiga bostirib kirib, unga jismoniy jarohat yetkazganligi uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan.
Misr fuqarosi esa qirollik fuqarosini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, qatl etildi.
Manbalarda qayd etilishicha, 2015-yil boshidan buyon Saudiya Arabistonida jami 120 kishi qatl etilgan.
Izoh (0)