Kuvaytdagi neftni qayta ishlab chiqaruvchi Esh-Shueyba zavodi bo‘limlaridan birida portlash yuzaga keldi. Tashkilot faoliyati butunlay to‘xtatildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tashkilotning barcha xodimlari evakuatsiya qilindi. Hodisa sabablari va tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
KUNA agentligining xabar berishicha, mahalliy vaqt bo‘yicha 11:30 da zavodda yong‘in boshlangan. Portlash natijasida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)