Ispaniyaning Museros shahrida tashkil etilgan bayram vaqtida bir kishi buqa hujumi natijasida yetgan jarohatlar oqibatida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
32 yoshli erkak 5,5 ming aholi istiqomat qiladigan shaharda tashkil etilgan buqalar poygasi vaqtida jarohat olgan. U zudlik bilan Valensiya shahridagi kasalxonaga yotqizilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Qayd etish joiz, iyul oyi boshidan beri Kastelon, Alikante, Toledo va Mursiyadagi buqa poygalari vaqtida ham jami to‘rt kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)