Britaniyalik 22 yoshli ayol bir yashar qizining yuziga avtomobilning tamakini yondirib olish uskunasi vositasida smayl belgisini kuydirib tushirgani uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
“Siz o‘z qizingizga tamg‘a tushirdingiz! Siz uning yuzida bir umr ko‘rinib turadigan iz qoldirdingiz. Va siz bu harakatni qasddan amalga oshirgansiz”, — dedi mahkama davomida sudya.
Ona mazkur qilmishdan so‘ng o‘z bolasi uchun tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmagani uchun ham ayblanmoqda. Uning o‘zi esa qo‘yilayotgan ayblarni rad etmoqda. Uning advokati mijozi “soddalik va g‘o‘rlik qilgani”ni aytmoqda.
“Bu hodisalarning bari u 22 yoshda ekanligida yuz bergan. U bolalarga qarash yoki ularga onalik qilish holatida bo‘lmagan”, — dedi advokat.
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, ayol hozirning o‘zida ham yetarli darajada jazolanib bo‘ldi — u o‘z farzandlariga onalik qilish huquqidan mahrum etildi.
Izoh (0)