Gaiti shimolida ro‘y bergan avtohalokat 16 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda mamlakat fuqarolar himoyasi ishlari bo‘yicha boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi, deya ma’lum qildi “RIA Novosti”.
Hodisa 15-avgust, shanba kuni Kap-Aiten shahri yaqinida sodir bo‘ldi: asosan ayollardan iborat yo‘lovchilar va ko‘mir, taxta kabi mahsulotlarni mahalliy bozorga olib ketayotgan yuk mashinasi mototsikl bilan to‘qnashuvdan qochib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi.
Avtohalokat oqibatida jarohatlanganlar bor, ular kasalxonalarga yotqizilgan.
Izoh (0)