O‘zbekistonda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha loyiha ish boshladi. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar bermoqda.
Loyiha O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasidagi 17, 4 million dollar miqdoridagi kelishuvga asosan amalga oshirilmoqda. Mablag‘ 3 yillik imtiyozli muddatni hisobga olgan holda 14 yilga berilgan.
“Narodnoye slovo” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha to‘rt yil davomida—2015-yildan 2018-yilgacha bajariladi. Uning doirasida mamlakatdagi 157 ta sanitariya-gigiyena laboratoriyasini ta’mirlash, modernizatsiya qilish va zamonaviy, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)