O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 10-avgust kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan tuzatishlarni imzoladi, ular belgilangan harakat tezligini oshirgani uchun transport vositalari haydovchilariga solinadigan jarimalarga aniqlik kiritadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. O‘zgartirishlar 11-avgustdan kuchga kirdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangilangan 128-1-moddasiga ko‘ra, transport vositalari haydovchilari belgilangan tezlikdan 40 km/soatdan ko‘proq kattalikda oshsa, endi eng kam ish haqining 7 barobari miqdorida jarimaga tortiladi (avval eng kam ish haqining 10 barobarida jarima solinar yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilinar edi).
Belgilangan tezlikdan oshish uchun solinadigan jarimalarning qolganlari o‘zgarishsiz qoldi.
Izoh (0)