Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 59 davlat vakillari orasida 8-o‘rinni band etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni Diyora Keldiyorova (-48 kg) keltirdi. Bu kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida o‘zbekistonlik xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal sifatida O‘zbekiston tarixi sahifalariga bitildi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistondan Gulnoza Matniyozova 2009-yili jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgandi.

Jahon chempionatining bronza medallarini o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Jasur Sodiqov (-73 kg) va Sherxon To‘raboyev (-81 kg) qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Yaponiya terma jamoasi (4 oltin – 1 kumush – 2 bronza) birinchi, rossiyaliklar ikkinchi (2-1-6), Gollandiya terma jamoasi esa (2-1-0) uchinchi o‘rinni egalladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi