Finlandiya g‘arbidagi Alaxyarmya posyolkasida 8-avgust kuni yuk mashinalari shousida sodir bo‘lgan hodisa tufayli yetti kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, tryukni bajarish vaqtida ulkan g‘ildirakli avtomobillardan birining g‘ildiragi chiqib ketgan va tomoshabinlar ustiga qarab uchgan.
Jabrlanganlarning olti nafarining jarohati jiddiyligi aytilgan. Ikki nafari bolalar bo‘lgani ma’lum qilingan. Ularning barchasi Seynayoki shahri shifoxonasiga olib borilgan.
Izoh (0)