Jazoirda yangi kelin-kuyov to‘yning ertasi kuni munosabatlarini sud orqali aniqlashtira boshladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kelinni pardozsiz taniy olmagan kuyov sudga da’vo arizasi bilan chiqdi. U ma’naviy zararni qoplash uchun kelindan 20 ming dollar undirishni talab qildi. Yigit qizni firibgarlikda aybladi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuyov to‘ygacha kelinni pardozsiz ko‘rmagan. To‘yning ertasi kuni uni ko‘rib, taniy olmagan. “Dastlab men uni uyimga kirib olgan o‘g‘ri, deb o‘ylabman. Nikohimizga qadar, u juda chiroyli va jozibador ko‘ringan edi”, — deydi hayratda qolgan da’vogar.
Sud da’voni ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.
Izoh (0)