Braziliyadagi observatoriyaga Toshkent observatoriyasi sobiq direktorining nomi qo‘yildi, deb xabar beradi “12news.uz”.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori Shuhrat Egamberdiyevning ma’lum qilishicha, Xarkov va Leningrad universitetlarini bitirgan Aleksandr Postoyev 1928-yilda Toshkentga ko‘chib kelgan. 1930-yildan Toshkent observatoriyasida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 1935-yilda observatoriya direktorligiga tayinlangan. O‘sha yilning o‘zida fizika-matematika fanlari nomzodi va Xalqaro astronomiya ittifoqi a’zosiga aylangan.
Izoh (0)