Yaponiyada jaziramadan hafta davomida 25 kishi halok bo‘ldi, 11,67 ming kishi kasalxonaga joylashtirildi. O‘tgan uch hafta mobaynida jami 300 dan ortiq kishi jiddiy quyosh urishi oqibatida uzoq muddatga kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda “TASS” mamlakatning yong‘in boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Kasalxonaga yotqizilganlarning yarmidan ortig‘ini 65 yoshdan katta kishilar tashkil qiladi.
Mamlakatning ba’zi hududlarida havo harorati 39 darajagacha yetmoqda. Shifokorlar bunday sharoitda ko‘proq soyada bo‘lish va salqin ichimliklar ichishni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)