Finlyandiyaning Xyuryunsalmi shaharchasi yaqinida botqoq futboli bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Eurosport.ru”.
Musobaqa 1998-yildan beri har yili Finlyandiyada o‘tkazib kelinadi. Joriy yil 22 ta maydonda 300 dan ortiq jamoa 6 ta ligada kurash olib bordi: miks-liga, havaskorlar (ayollar), professionallar (ayollar), havaskorlar (erkaklar), biznes-liga va professionallar (erkaklar).
Professionallar o‘rtasidagi bahsda Rossiyaning SPb Lakes klubi Finlyandiyaning Telinekataja jamoasini overtaymda 2:1 hisobida taslim etdi.
Izoh (0)