Rossiya Federatsiyasi sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko Rossiya futbol ittifoqiga ko‘rsatgan moliyaviy yordami uchun Alisher Usmonovga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
“Biz o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildik va bu mavzuni yopishni taklif qilaman. Og‘ir damda yordam bergan va shartnomani bekor qilishda Kapello maoshining birinchi qismini to‘lashda ko‘maklashgan Alisher Burxonovich Usmonovga minnatdorchilik bildirmoqchiman”, — deydi Vitaliy Mutko.
Oldinroq Usmonovning o‘zi Kapelloning shartnomasiga aloqasi yo‘qligini aytgan edi.
Izoh (0)