Mashhur xonanda Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun bilan onasining “Jesus Loves Me” qo‘shig‘i sadolari ostida xayrlashishdi. Bu haqda TMZ sayti xabar berdi.
Xonandalar Uitni Xyuston va Bobbi Braunning yagona farzandi, 22-yoshli Bobbi Kristina Braun olti oy sun’iy komada yotib, 26-iyul, yakshanba kuni olamdan o‘tdi. Bobbi Kristina 31-yanvar kuni turmush o‘rtog‘i Nik Gordon uni suv to‘ldirilgan vannada hushsiz topganidan beri shunday holatda bo‘lgan.
Dastlabki sud-tibbiyot tekshiruvi o‘lim sabablarini aniqlay olmadi. Qizning tanasida shikastlanish alomatlari topilmagan, unda hech qanday jiddiy kasalliklar ham bo‘lmagan.
Shu bilan birga, Bobbi Kristina Braunning vasiysi ushbu o‘limda Nik Gordonni aybladi: u Fulton okrugi oliy sudiga taqdim etgan arizada qiz komaga tushgan kun Gordon bilan janjallashgani ta’kidlanadi.
Izoh (0)