Bred Pitt so‘nggi paytlarda o‘stirib yurgan soqolini olib tashladi, pala-partish o‘sgan sochini kaltalatdi va kamida o‘n yilga yosharib ketdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Paparatssi o‘tgan dam olish kunida Pittni odatdagidek futbolka va jinsi shim kiygan, biroq soqolsiz holatda kadrga muhrladi.
Taqqoslash uchun, bundan bir necha kungina avval ham aktyor xuddi shu kiyimida yurgan, biroq soqoli va uzun sochi tufayli qariroq ko‘rinishda bo‘lgan edi.
Izoh (0)