Amerikalik aktyor Jeyms Vuds uni giyohvand deb atagan Twitter foydalanuvchisini tuhmat uchun sudga berdi, deb yozadi The Hollywood Reporter. Aktyor 10 million dollar undirib olmoqchi.
Vuds Los-Anjeles Oliy sudiga 29-iyul kuni murojaat qildi. Uning ishi bo‘yicha javobgar Twitter’da Abe List nomi ostidagi foydalanuvchidir. Uning profilidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u Los-Anjelesda yashab, investitsiyalar bilan shug‘ullanadi.
Sud da’vosiga sabab bo‘lgan xabar Vudsning Twitter’dagi sahifasida 15-iyul kuni paydo bo‘ldi. Aktyorning qaydlaridan biriga izoh yozar ekan, Abe List: “Kokain giyohvandi Jeyms Vuds hamon chekmoqda va aldamoqda”, — deb yozdi.
Izoh (0)