Ukraina Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda hokimiyatni nomarkazlashtirish to‘g‘risida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Ushbu o‘zgartirishlar Donbassdagi ixtiloflarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan Minsk kelishuvlariga asosan ishlab chiqilgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Islohotlar hozirda prezident tomonidan tayinlanayotgan viloyat ma’muriyati rahbari (gubernator) lavozimini bekor qilib, o‘rniga davlat rahbari hukumat taqdimiga ko‘ra tayinlaydigan prefekt lavozimi joriy etishni ko‘zda tutadi. Ularning vakolatlari gubernatorlarga nisbatan cheklangan bo‘ladi. Viloyat va tumanlarni tezkor boshqarish esa mahalliy qonun chiqaruvchi yig‘ilishlar (rada) shakllantiradigan ijro qo‘mitalariga o‘tadi.
Konstitutsiyaviy sud ma’qullagan o‘zgartirishlar Ukraina Oliy Radasida ko‘rib chiqilishi kerak.
Izoh (0)