Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonga Gaaga sudi qarorini tan olishni va Rossiyadan tegishli tovon undirishni so‘rayotgan YuKOSning sobiq aksiyadorlarining da’vosi AQSh sudida ko‘rib chiqilishi yuzasidan nota yo‘lladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Bayonotda aytilishicha, AQSh hududidagi Rossiya mulklariga nisbatan ijro choralari qo‘llanilishiga istalgan urinish Rossiya tomonidan AQSh, uning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday javob qaytarilishiga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil iyunida Gaaga hakamlik sudi Rossiyaga YuKOSning sobiq aksiyadorlariga 50 milliard dollar miqdorida tovon to‘lash majburiyatini yuklagan edi.
Izoh (0)