Kreml avvalroq Yevroittifoqning Rossiya va Qrimga qarshi sanksiyalarni uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar kiritilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Peskov Rossiya o‘ziga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan beshta mamlakatga sanksiya kiritish-kiritmasligi haqidagi savolga javob berarkan, “Albatta kirita oladi. Biz yana bir marta shuni takrorlaymizki, bunga ikki taraflamalik tamoyili asos bo‘ladi”, — dedi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Ukraina, shuningdek, YeIga a’zolikka da’vogarlar Chernogoriya va Albaniya, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlari Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya aksilrossiya sanksiyalariga qo‘shilgan edi. Ushbu sanksiyalar uzaytirilib, endi 2016-yil 31-yanvargacha amalda bo‘ladi.
Izoh (0)