Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chilida 17-qavatdan qulab tushgan 23 yoshli Sebastyan Reyesning son suyagi singan xolos, deb xabar beradi “Vesti.ru”. Kuzatuv kameralarida uning ko‘p qavatli uy yaqinidagi to‘xtash joyi tomiga urilib, yerga qulab tushgani tasvirga olingan.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Hodisa 25-iyul tongida Rankagua shahrida sodir bo‘lgan. 40 metrli balandlikdan yiqilib tushgan mast yigit kasalxonaga yetkazildi. U yerda shifokorlar uning faqat tos va son suyagi singanligini qayd etdi.

Do‘stlari bilan dam olishdan so‘ng, ulardan birining uyiga qaytgan Reyes toza havo olish uchun balkonga chiqqan. To‘siqqa o‘tirgan yigit muvozanatini yo‘qotgan.

https://youtu.be/DZcz48WKcB8

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)