Yaponiyalik ayollar dunyo bo‘yicha eng uzoq umr ko‘rishi aniqlandi, deb xabar beradi “Newskaz.ru” Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligining 30-iyul, payshanba kuni chop etgan ma’lumotiga asoslanib.
2014-yilning yakunlari bo‘yicha statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi o‘sgan. Erkaklar o‘rtacha 80,5 yil, ayollar esa 86,83 yil yashashi aniqlandi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, yapon ayollari erkaklarga qaraganda 6,33 yil ko‘proq umr ko‘radi. Chop etilgan jadvaldagi ma’lumotlar yaponiyalik ayollarning dunyo bo‘yicha eng uzoq umr ko‘rishi haqida guvohlik beradi.
Izoh (0)