Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida 2014-yil iyulida Donbassda Boeing samolyoti qulashi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Rezolyutsiyani qabul qilishni yoqlab Xavfsizlik kengashining 11 a’zosi ovoz bergan, uchta davlat betaraf qolgan, Rossiya esa veto huquqidan foydalangan. Loyiha Malayziya, Niderlandiya, Ukraina, Avstraliya va Belgiya tomonidan taklif etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bilan uchib ketayotgan Boeing 777 samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Ukraina sharqida qulagan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)