Myanmada umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan 153 nafar xitoylik daraxt kesuvchi amnistiyaga tushdi, deb xabar beradi Reuters.
Shuningdek, noqonuniy daraxt kesishda qatnashgan va o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilgan XXRning ikki nafar voyaga yetmagan fuqarosi ham ozod etildi. Yaqin vaqt ichida ular avtobuslarda mamlakatlar o‘rtasidagi chegaraga yetkaziladi.
Xitoylik daraxt kesuvchilardan tashqari qamoqda bo‘lgan yana 6811 kishi amnistiya qilindi. Ulardan ko‘pchiligi Myanma fuqarolaridir. Agentlikning ma’lum qilishicha, Myanma hukumati Xitoy bilan munosabatlarini yaxshilash uchun daraxt kesuvchilarni qo‘yib yuborishga qaror qilgan.
Izoh (0)