Meksika shimolidagi Chiuaua shtatida sakkiz kishidan iborat oila shafqatsizlik bilan o‘ldirib ketilgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, oila Kasa-Kemada tumani hududidagi yo‘llardan birida avtomobilda ketayotib kamuflyaj kiygan kishilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Avval boshda to‘qqiz kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan biri qochishga muvaffaq bo‘lgan va politsiyaga olib qochish haqida xabar qilgan.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, katta ko‘lamdagi qidiruv ishlarini amalga oshirish natijasida dastlab uch nafar, keyinroq yana besh nafar o‘g‘irlab ketilganlarning jasadi topilgan. Ularning boshi tanasidan judo qilingan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, ular shu hududda o‘tin tayyorlash bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin. Boshqa ko‘rsatmalar esa ularning noqonuniy marixuana yetishtirishga aloqador ekanligini ma’lum qiladi.
Izoh (0)