1993-yilda Bombeyda uyushtirilgan teraktlar seriyasi tashkilotchilaridan biri Yoqub Memonga nisbatan chiqarilgan qatl hukmi 30-iyul tongida ijro etildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Memon Maxarashtra shtati qamoqxonasida mahalliy vaqt bilan soat 6:35 da osish yo‘li bilan qatl etildi. Shifokorlar uning joni uzilganini tasdiqlagan. Endi uning jasadi yorib ko‘rish uchun Nagpur shahri shifoxonasiga jo‘natiladi.
Qatl hukmi 2007-yilda chiqarilgan bo‘lib, 2013-yilda uni Hindiston oliy sudi tasdiqlagan. Yoqub Memon teraktlarning bevosita ijrochisi bo‘lmasa ham, fitnada qatnashganlikda aybdor deb topilgan. Asosiy aybdor uning akasi, Yo‘lbars Memon nomi bilan tanilgan jinoyatchi Ibrohim Memon bo‘lib, 1993-yilda Hindistondan chiqib ketgan va shundan buyon uning qayerdaligi noma’lum.
1993-yil 12-mart kuni Bombey (hozirgi Mumbay) shahrining turli qismlarida 12 ta portlash sodir etilgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, 257—300 kishi halok bo‘lib, 700—1400 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)