Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyotida tarix fanlari doktori Erkin Oxunjonovning “O‘zbekiston axborot madaniyati tarixi” nomli asari chop etildi, deb xabar beradi “Jahonnews.uz”.
Uning kirish qismida asar matnli xabarlarning barcha qadimiy shakllari, jumladan toshlarda, loy va yog‘och parchasida qoldirilgan yozuvlardan tortib teri va qog‘ozdan ishlangan kitoblargacha, qolaversa eramizning IV asriga oid kodekslarni ham o‘z ichiga olishi ta’kidlangan.
Shuningdek, asar sahifalarida jahon fan va madaniy merosiga ulkan hissa qo‘shgan dunyoga mashhur Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi olimlar, shoir va faylasuflarning ijodi yoritilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu asar chop etilishi rejalashtirilayotgan monografiyalar turkumining birinchi kitobi hisoblanadi.
Izoh (0)