Xalqaro valyuta jamg‘armasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan foiz hisobida qarzdorlik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Yaponiya qayd etilgan. 1990-yillardan buyon iqtisodiyotida stagnatsiya kuzatilayotgan Yaponiyaning tashqi qarzi YaIMning 246,14 foizini tashkil etadi. Inqiroz botqog‘iga kirib qolgan Gretsiya esa 172,73 foiz bilan ikkinchi o‘rinda ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 20 ta davlatdan iborat ro‘yxatdan Italiya, Yamayka, Livan, Eritreya, Portugaliya, Kabo-Verde, Butan, Irlandiya, Grenada, Antigua va Barbuda, Belgiya, Kipr, AQSh, Barbados, Gambiya, Ispaniya, Singapur va Fransiya ham o‘rin olgan.
Izoh (0)