Moskvaning Basman sudi Davlat dumasi deputati Ilya Ponomaryov bilan birgalikda kamomadda ayblanayotgan “Skolkovo” jamg‘armasi sobiq vitse-prezidenti Aleksey Beltyukovni sirtdan qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sud ushbu qamoq ikki oyga belgilanganini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Aleksey Beltyukov deputat Ilya Ponomaryov harakatlaridan o‘zi ham jabrlanuvchi ekanini aytgan. Tergovchilar esa ularni jinoiy sherik sifatida baholamoqda. Beltyukov 22 million rubl o‘marganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Izoh (0)