AQSh hukumati, bank va fondlari Afrikada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 1 milliard dollar mablag‘ ajratadi, deb xabar beradi “TASS”.
“Afrika dunyodagi eng tez rivojlanayotgan hududlardan biri hisoblanadi. Odamlarning yashash tarzi yaxshilanmoqda”, — dedi AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining Nayrobidagi chiqishida.
Ajratiladigan mablag‘ning yarmini o‘z xususiy tadbirkorligini boshlash qiyin bo‘lgan ayollar va yoshlarga berish mo‘ljallangan. AQSh savdo vaziri Penni Pritsker sentabr oyida Nyu-Yorkda amerikalik investorlarning afrikalik tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Izoh (0)